O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Ektor Kuper: «Terma jamoada hech kimga joy kafolatlanmagan»

16 oktabr kuni O'zbekiston termasi jamoasi Toshkentda Qatar termasini qabul qiladi. Bugun, 15 oktabr kuni ushbu o'rtoqlik uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Anjumanning birinchi qismida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper va yarim himoyachi Odil Hamrobekov ishtirok etdi.

«Ertaga [joriy yig'in doirasidagi] ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushamiz. Bu o'yindan maqsad – birinchi o'yindagi yaxshi jihatlarimizni yana bir bor takrorlab olish va yaxshilash. Birinchi o'yinda ko'rsatilgan tartibli o'yin, himoyada bir chiziq bo'lib harakat qilishni bu uchrashuvda ham davom ettiramiz.

Birinchi o'yinda kamroq harakat qilgan futbolchilarga bu safar ko'proq imkoniyat beriladi. Yangi futbolchilar ham maydonga tushadi. Lekin bu tarkib butunlay o'zgarib ketadi, degani emas. Avvalgi o'yinda maydonga tushgan futbolchilarning ba`zilari ertangi o'yinda ham ishtirok etadi.

Bu o'yindan keyin futbolchilar o'z klublariga jo'nab ketishadi. Ular o'zlashtirgan uslublarini keyingi yig'ingacha unutib qo'ymasliklariga umid qilamiz.

Ertaga yangi futbolchilarni sinab ko'rish bilan birga o'yin uslubimizni yanada yaxshilashga harakat qilamiz», - deb aytib o'tdi Kuper anjumanning kirish qismida.

«Ertaga bizni qiziqarli o'yin kutib turibdi. O'rtoqlik o'yini bo'lsa ham, Qatar bilan o'yinlar doim qiziq o'tgan. Arab jamoalari doim hujumkor o'yinni yoqtirishadi», - deya fikr bildirdi Odil Hamrobekov.

- KXDR bilan o'yinga Qatardan videotasvirchi kelib, o'yinni tasvirga tushirdi. Ular Osiyo kubogidagi guruhdoshlari KXDRni o'rganishmoqda. Biz guruh bosqichida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston bilan o'ynaymiz, ularni o'rganish jarayoni boshlanganmi?

- Albatta, Osiyo kubogidagi raqib jamoalar o'yinlarini tahlil qilamiz. Shuni nazarda tutish kerakki, hozir axborot texnologiyalari juda rivojlangan, stadionga bormay turib ham raqib o'yinini o'rganib chiqish mumkin. Raqiblarimiz o'yinlarini tahlil qilish uchun ularning navbatdagi o'rtoqlik o'yinlariga o'z vakillarimizni yuboramiz. Bu jihatdan hech qanday muammo yo'q.

Hozirgi kunda eng asosiysi raqiblarimiz emas. Biz o'zimizning o'yinimizni shakllantirishimiz kerak. Ularning taktikasini o'rganib chiqib, o'z o'yinimizni butunlay o'zgartirib yubora olmaymiz.

Ta`kidlaganimizdek, raqib jamoani o'rganamiz, ammo bu ikkinchi darajali, birinchisi – o'zimizning o'yin. Raqiblar to'g'risida barcha ma`lumotlar bor. Ularning o'yinlarini o'rganishda ko'plab dasturlardan foydalanamiz.

- Sardor Rashidov bu safargi yig'inga jalb etilmagani nima bilan bog'liq? U Eron bilan o'yinda hujumdan himoyaga deyarli qaytmagan edi, u murabbiy ko'rsatmalarini bajarmagani uchun chaqirilmadimi?

- O'zbekiston terma jamoasi bilan shartnoma tuzayotgan paytimda menga hech kim bizda 2-3 futbolchi bor, ular doim termaga chaqirilishi kerak, deb aytmagan. Shuning uchun hech kimga terma jamoadagi joy kafolatlanmagan. Uning chaqirilmagani jarohat tufaylimi yoki bizning o'yin uslubimizga to'g'ri kelmaganimi yo boshqa sabab bormi, buni tushuntirib o'tirishning hojati yo'q, deb hisoblayman.

Masalan, Odil Hamrobekov o'z klubida juda yaxshi o'ynayotgan bo'lishi, ammo terma jamoadagi o'yin uslubiga tushmasligi mumkin. Bunaqa holatda biz bu futbolchini chaqirmaymiz. Yoki hozir uning pozitsiyasida boshqa o'yinchilarni sinab ko'rayotgan bo'lishim mumkin. Futbolchining jismoniy holati ham katta rol o'ynaydi. Sabablar ko'p, lekin har birini tushuntirishim shart emas.

To'g'ri, hammaning ham o'ziga yoqadigan futbolchilari bo'ladi. Kimdir o'z klubida o'ynagan futbolchilarni terma jamoada ko'rishni xohlaydi. Balki hozir qaysidir futbolchini termaga chaqirmay xato qilayotgandirman, ammo buni vaqt ko'rsatadi.

Futbolchi bu yig'inga jalb etilmasa, bu endi hech qachon boshqa chaqiruv olmaydi, degani emas. Keyingi o'yinlarda albatta yana imkoniyat beriladi. Yana bir bor ta`kidlab o'taman, hech qachon hech qaysi futbolchiga terma jamoada doimiy joy kafolatlanmagan.

- Odil, KXDR bilan o'yindan keyin ko'plab jamoadoshlaringiz maydonning holatidan norozilik bildirishdi. Bu maydonda siz ham o'ynadingiz, bu haqda nima deya olasiz?

- Maydonning holati juda yomon, deb aytishim noto'g'ri bo'ladi. Bu chetdan kelgan o'yinchilar uchun noqulay bo'lishi mumkin, o'zimiz uchun ham. Maydon ideal futbol ko'rsatishga xalal bermoqda. Hozir bu bahona bo'lib eshitilishi mumkin. Lekin buni o'zingiz ham ko'rib turibsiz. Maydon chimi chiqib ketyapti, bu o'yinga ozgina bo'lsa ham ta`sir etyapti, deb o'ylayman. Bu – bahona emas, maydonning qandayligini hamma ko'rib turibdi.

- O'FA rasmiy saytida Vitaliy Denisov jarohati tufayli chaqirilmadi, deb ma`lumot berildi. Lekin u o'z klubida maydonga tushdi. Uning chaqirilmasligiga haqiqatan ham jarohati sabab bo'ldimi?

- Bizga Vitaliy Denisovning jarohati bor, deb ma`lumot berishdi. Shuning uchun chaqirilmagan edi. Klubida o'ynagan bo'lsa, murabbiy bunga hech narsa deya olmaydi. Chunki jarohati bor deyishgani uchun chaqirilmagan edi.

- Murabbiylarda zaxira taktikasi ham bo'ladi. Uni Osiyo kubogiga qadar qo'llab ko'rish rejangiz bormi?

- Muqobil taktika bor-yo'qligiga kelsak, hozir agar turli xil taktikalar qo'llasam, futbolchilar nima qilishni bilmay qolishadi. Avvalo bitta uslubni o'rganish kerak. O'zimizning qiyofamizni shakllantirishimiz kerak. Ana shundan keyingina vaziyatdan kelib chiqib, raqibga qarab o'z taktikamizni o'zgartirishimiz mumkin.

Eron bilan o'yinni olsak, mag'lub bo'lganimiz sababi – taktik vazifa yuklatilgan futbolchilar bu topshiriqlarni oxirigacha bajara olmagani. Balki o'sha chiziqda boshqa o'yinchini sinab ko'rganimizda u bu uslubni yaxshiroq tushungan va natija boshqacharoq bo'lishi mumkin edi. Shimoliy Koreya bilan o'yinda ham juda yaxshi taktika tanlaganimiz uchun g'alaba qozonmadik, futbolchilar qo'yilgan vazifalarni yaxshiroq uddalashgani uchun g'olib chiqdik. 

Bundan tashqari, yig'indan keyin o'yinchilar klublariga tarqalishadi va ko'p narsani esdan chiqarishadi. Klublarning o'z taktikalari bor, bu esa futbolchilar uchun muammo tug'diradi.

Shaxsan mening taktikam ko'pchilikka yoqmasligi mumkin, buni bilaman. Yuz million aholisi bor terma jamoani boshqarganman. Yuz million insonga qanday yoqish mumkinligini tasavvur qilib ko'ring.

Har xil muqobil taktik variantlarni qo'llab ko'rishdan oldin biz bir-birimizga o'rganib olishimiz, adaptatsiya jarayoni bo'lishi kerak. Keyinchalik natijaga qarab taktikamizga o'zgarishlar kiritishimiz mumkin. Agar yaxshi natijalar qayd etilsa, masalan Osiyo kubogida g'alaba qozonsak yoki Jahon chempionatiga chiqsak, unda to'g'ri yo'ldan ketayotgan bo'lamiz. Agar bu uslub natija keltirmasa, u holda tabiiyki, unga o'zgarish kiritishimiz shart bo'ladi.

Mavzuga oid yangiliklar
Ektor Kuper boshchiligidagi O`zbekiston MTJ Brisben shahriga etib keldi
O`zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaning Brisben shahrida o`quv mashg`ulot yig`ini o`tkazishi va Livan hamda Janubiy Koreyaga qarshi ikkita o`rtoqlik o`yinida maydonga tushishi haqida xabaringiz bor. ...
13.11.2018 / 15:16
Shohjahon Ergashev yana bir raqibini nokautga uchratdi
Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev Chikagoda o`zining 15-jangini o`tkazdi. Ushbu jangda hamyurtimizga amerikalik Zaka Remsi raqiblik qildi. Sakkiz raundga mo`ljallangan jang birinchi raunddayoq yakunlandi ...
12.11.2018 / 09:17
AIBA prezidentligiga saylangan G`ofur Rahimov O`zbekistonga keldi
Xabaringiz bor, 2-3 noyabr kunlari Moskva shahrida Xalqaro havaskor boks assosiasiyasi (AIBA)ning navbatdagi Kongressi bo`lib o`tgandi. Kongress davomida hamyurtimiz G`ofur Rahimov AIBA prezidentlik saylovida ishtirok etgan va yakunda g ...
07.11.2018 / 09:31
Og`ir atletika. Rustam Djangabaev ikkita bronza medalini qo`lga kiritdi
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og`ir atletika bo`yicha jahon chempionati yakunlandi. Musobaqada +109 kg vazn toifasida bahslar o`tkazildi. Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini Rustam Djangabaev himoya qildi. Hamyurtimiz dast ko ...
12.11.2018 / 09:18
Farhod Abdullaev OFK hakamlik kurslariga konsultant sifatida tayinlandi
Osiyo futbol konfederasiyasi Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 2018 yilning 20-30 noyabr kunlari OFKning yuqori darajali hakamlari va yordamchi hakamlari uchun o`quv kurslarini tashkil qilmoqda. Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan ushbu o ...
08.11.2018 / 11:08
Agentlik kubogi uchun futbol musobaqasi oʻtkaziladi
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi 8 dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi koʻmagida televideniye, radio, matbuot nashrlari ...
01.11.2018 / 15:44