O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Sog`liqni saqlash vaziri barchani sportga jalb etmoqda

Sog`liqni saqlash vazirligi rahbariyati ommaviy sport bilan faol shug`ullanib, aholi orasida sog`lom turmush tarzini keng targ`ib etishda tashabbus ko`rsatishmoqda. Mashg`ulotlarda vazirlik markaziy apparati xodimlari, tibbiyot oliy o`quv yurtlari rektor va prorektorlari hamda respublika davolash muassasalari bosh shifokorlari qatnashdi.

 

Darhaqiqat, sog`lom turmush tarziga muntazam ravishda amal qilish turli xastaliklardan holi, chiroyli va baxtli yashash omilidir. Eng muhimi millat genafondiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Shu bois ham muhtaram Prezidentimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirishga alohida e`tibor qaratilmoqda.

– Sog`lom turmush tarzini shakllantirishda to`g`ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport, shaxsiy gigienaga amal qilish, chiniqish hamda turli zararli odatlardan voz kechish hal qiluvchi rol o`ynaydi. Ushbu jihatlarga rioya qilsak, ko`plab xavfli xastaliklar, jumladan, miokard infarkt, insult, qandli diabet, onkologik kasalliklarning oldini olgan bo`lamiz. Jismoniy faol insonning dunyoqarashi va fikrlashi ham sog`lom, mehnatida esa unum bo`ladi, – deydi Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov. – Aholi orasida sog`lom turmush tarzi, jumladan, ommaviy sportni keng targ`ib qilish sog`liqni saqlash tizimi xodimlarining ham ustuvor vazifasidir.

Ushbu yo`nalishda malakali kadrlar bilan etarli darajada ta`minlash, sohaning moddiy-texnik bazasini shakllantirish, eng muhimi, sport tibbiyotini rivojlantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada ham vazirlik tomonidan izchil sa`y-harakatlar olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev raisligida 20 sentyabr kuni o`tkazilgan jismoniy tarbiya va sport masalalariga bag`ishlangan yig`ilishda aholining barcha qatlamlarini sport bilan shug`ullanishga jalb qilish, sohada xususiy sektorni rivojlantirish va boshqa ko`plab dolzarb masalalarga e`tibor qaratilib, tegishli idora va mutasaddilar oldida turgan muhim vazifalar belgilab berilgan edi.

Mavzuga oid yangiliklar
Tibbiyot xodimlarining oyligi oshiriladi
Davlat tibbiyot muassasalari va sog`liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag`batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq ...
08.11.2018 / 11:08
Samarqand veterinariya medisinasi institutiga Moskvadan rektor keldi
Xabaringiz bor, Samarqand qishloq xo`jaligi instituti negizida Samarqand veterinariya medisinasi institutini tashkil etilgan edi. Institutga rektor tayinlandi, deb xabar berdi O`zA .Ushbu vazifaga 1958 yilda Qashqadaryo viloyati Yakkabog ...
15.05.2018 / 12:42
O`zbekiston Qirg`izistonga "tez yordam" mashinalari sovg`a qildi
Farg`ona viloyati tomonidan Qirg`izistonning Botken viloyatiga ikkita "tez yordam" mashinasi sovg`a qilindi. Bu haqda uznews.uz xabar qilmoqda. Xabarda aytilishicha, "tez yordam" mashinalari ikki xalq o`rtasidagi o`zaro do ...
16.02.2018 / 12:31
Sog`liqni saqlash tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi
Sog`liqni saqlash vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Abdurahmon Abdumavlyanovich Qayumov Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sog ...
05.10.2018 / 10:32
Bolaning begonasi bo’lmaydi
Poytaxtimizda “SOS — O’zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi tomonidan Evropa Ittifoqi homiyligida amalga oshirilayotgan “O’zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va bolalarning manfaatlarini ta&rsquo ...
11.04.2018 / 11:24
15 nafar bemor bola Germaniyada bepul davolanadi
Yaqinda «Sog`lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi ko`magida teri kuyishi asoratlari, qo`l-oyoq bo`g`imlari, lab-tanglayning tug`ma nuqsoni bilan kasallangan 15 bemor bola Germaniyaga davolanish uchun jo`nab ketdi. Bu haqda O ...
16.02.2018 / 09:20