O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Agentlik kubogi uchun futbol musobaqasi oʻtkaziladi

Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi 8 dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi koʻmagida televideniye, radio, matbuot nashrlari, internet saytlari, nashriyot-matbaa ijodiy uylari jamoalari oʻrtasida Agentlik kubogi uchun mini-futbol musobaqasi oʻtkazilishini eʼlon qiladi.

Musobaqa 5 ta guruhga boʻlingan jamoalar oʻrtasida tashkil etiladi.

“A” guruhida mamlakatimiz televideniyelari, “V” guruhida radiokanallari, “S” guruhida respublika gazeta va jurnallari tahririyatlari, “D” guruhida internet tarmogʻida OAV sifatida faoliyat koʻrsatayotgan veb-saytlar, “E” guruhida Agentlik tizimidagi korxonalarning jamoalari oʻzaro bellashadilar.

Jamoalar yoʻnalishidan kelib chiqib, bitta tahririyatdan yoki bir yoʻnalishdagi bir nechta tahririyat vakillaridan tuzilishi, jamoa aʼzolarining umumiy soni 8 nafardan kam boʻlmasligi lozim.

Uchrashuvlar Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan ajratiladigan tajribali hakamlar ishtirokida mini-futbol qoidalariga koʻra tashkil qilinadi.

Musobaqada ishtirok etish uchun arizalar hamda jamoalar roʻyxati joriy yilning 1 noyabridan 15 noyabriga qadar Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan qabul qilinadi. Jamoalar musobaqada ishtirok etish haqida:

- ariza;

- jamoa roʻyxati;

- jamoa aʼzolarining har biri OAV yoki nashriyotda ishlashi haqidagi maʼlumot nusxasini taqdim etishi lozim.

Gʻoliblar quyidagi koʻrinishda mukofotlanadi:

1-oʻrinni egallagan jamoa aʼzolarining har biriga kitoblar jamlanmasi, musobaqa kubogi hamda jamoaga 10 million soʻm pul mablagʻi.

2-oʻrinni egallagan jamoa aʼzolarining har biriga kitoblar jamlanmasi hamda jamoaga 8 million soʻm pul mablagʻi.

3-oʻrinni egallagan jamoa aʼzolarining har biriga kitoblar jamlanmasi hamda jamoaga 6 million soʻm pul mablagʻi.

Shuningdek, “Eng yaxshi oʻyinchi”, “Eng yaxshi toʻpurar”, “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi yarim himoyachi” hamda “Eng yaxshi himoyachi” kabi nominatsiyalar boʻyicha ham gʻoliblar aniqlanadi va pul mukofoti hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Futbol uchrashuvlari Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining sunʼiy qoplamali maydonlarida 2018 yilning 1-5 dekabr kunlari boʻlib oʻtadi.

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 30-uy.

Batafsil maʼlumotlarni (71) 244-23-72, (99) 898-06-20, (99) 870-83-04 telefon raqamlari, Agentlikning www.api.uz rasmiy sayti hamda @matbuotminbari telegram kanali orqali olishingiz mumkin.

Tashkiliy qoʻmita.

Mavzuga oid yangiliklar
Ektor Kuper boshchiligidagi O`zbekiston MTJ Brisben shahriga etib keldi
O`zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaning Brisben shahrida o`quv mashg`ulot yig`ini o`tkazishi va Livan hamda Janubiy Koreyaga qarshi ikkita o`rtoqlik o`yinida maydonga tushishi haqida xabaringiz bor. ...
13.11.2018 / 15:16
Shohjahon Ergashev yana bir raqibini nokautga uchratdi
Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev Chikagoda o`zining 15-jangini o`tkazdi. Ushbu jangda hamyurtimizga amerikalik Zaka Remsi raqiblik qildi. Sakkiz raundga mo`ljallangan jang birinchi raunddayoq yakunlandi ...
12.11.2018 / 09:17
AIBA prezidentligiga saylangan G`ofur Rahimov O`zbekistonga keldi
Xabaringiz bor, 2-3 noyabr kunlari Moskva shahrida Xalqaro havaskor boks assosiasiyasi (AIBA)ning navbatdagi Kongressi bo`lib o`tgandi. Kongress davomida hamyurtimiz G`ofur Rahimov AIBA prezidentlik saylovida ishtirok etgan va yakunda g ...
07.11.2018 / 09:31
Og`ir atletika. Rustam Djangabaev ikkita bronza medalini qo`lga kiritdi
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og`ir atletika bo`yicha jahon chempionati yakunlandi. Musobaqada +109 kg vazn toifasida bahslar o`tkazildi. Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini Rustam Djangabaev himoya qildi. Hamyurtimiz dast ko ...
12.11.2018 / 09:18
Farhod Abdullaev OFK hakamlik kurslariga konsultant sifatida tayinlandi
Osiyo futbol konfederasiyasi Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 2018 yilning 20-30 noyabr kunlari OFKning yuqori darajali hakamlari va yordamchi hakamlari uchun o`quv kurslarini tashkil qilmoqda. Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan ushbu o ...
08.11.2018 / 11:08
Oksana Chusovitina Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etadi
Ertaga Qatar poytaxti Doxa shahrida sport gimnastikasi bo`yicha jahon chempionati start oladi. Musobaqada jahonning etakchi sportchilari qatorida o`zbek sporti afsonasi Oksana Chusovitina ham ishtirok etadi. Chusovitina ayni paytda musobaqa o ...
24.10.2018 / 15:21