O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Toshkentda modalar haftaligi o`tkaziladi

Go`zallik va nafosat shaydolari uchun kuz faslining betakror tuhfalari bisyor. Poytaxtimizda joriy yilning 21-26 noyabr kunlari Toshkent modalar haftaligi bo`lib o`tadi

"Osiyo ramzi" O`zbekiston Respublikasi dizaynerlar va modelerlar uyushmasi tashkil etayotgan haftalik doirasidagi tadbirlarga dunyoning bir necha davlatlaridan sohaga oid taniqli mutaxassislar, etakchi dizayner va ekspertlar tashrif buyurishi kutilmoqda. 

Dasturga binoan Milliy liboslar festivali, Modalar namoyishi, yosh dizaynerlar tanlovi, mahalliy va xorijiy dizaynerlarning ko`rgazmali chiqishlari, xayriya aksiyasi kabi tadbirlarni o`tkazish ko`zda tutilgan. Ayniqsa, xorijiy va mahalliy dizaynerlarning “master-klass”lari, shuningdek, to`qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechak ko`rgazmalari barchada katta taassurot qoldirishi aniq. Shuningdek, O`zbekistonda ilk marta Moda haftaligi doirasida Xitoy elchixonasi bilan birgalikda dizayn va soha bo`yicha innovasiyalarga bag`ishlangan "Xitoy modasi kuni" va Xalqaro forumi o`tkaziladi. 

Moda haftaligi liboslar olamida o`zbek moda brendini targ`ib qilish va rag`batlantirish, dizaynerlarga o`z kolleksiyalarini namoyish etish va tomoshabinlarga zamonaviy moda an`analarini baholash imkoniyatini beradi. Moda haftaligining tadbirlari professional muhitni shakllantirishga, global moda sanoatining xalqaro hamkorlik hududini kengaytirishga xizmat qiladi. 

Muxtasar aytganda, ushbu modalar haftaligi iste`dodli dizaynerlar, hunarmandlar va mutaxassislarni yuzaga chiqaradi va birlashtiradi. Haftalik o`zbek liboslarining betimsol zamonaviy ruhdagi bejirimligi va qadimiy an`analarning uzviyligini yana bir bor namoyish qiladi. Soha ixlosmandlari va ishtirokchilar qiziqarli hamda kutilmagan, eksklyuziv moda dunyosi yangiliklari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo`ladi. 

Mavzuga oid yangiliklar
Zulfiya nomidagi mukofotga e’tiborsizlik qilganlar jazolandi
Jurnalist va erkin ijodkor Nodirabegim Ibrohimova Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga hujjat topshirib, tashkilotchilar va mahalla qo‘mitasining e’tiborsizligi tufayli nohaqlik bo‘ldi deb hisoblagan edi. Masala bir kunning o ...
07.11.2018 / 09:36
Qirg`izistondagi teatrlar Forumida O`zbekiston ham ishtirok etadi
Joriy yilning 12-17 noyabr kunlari Qirg`iziston Respublikasida teatrlar Forumi bo`lib o`tadi, deb xabar bermoqda O`zA. Joriy yilning 12-17 noyabr kunlari Qirg`iziston Respublikasi Bishkek shahrida mashhur yozuvchi ...
06.11.2018 / 13:52
Turkiyalik rejissyor "Jaloliddin Manguberdi" haqida film olmoqchi
O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida Turkiyaning taniqli kino namoyandasi, “Ertugrul” teleserialining rejissyori Mehmet Bo`zdag` boshchiligidagi delegasiya ishtirokida matbuot anjumani o`tkazildi, deb xabar bermoqda O ...
16.10.2018 / 10:09
Surxondaryoda xalqaro baxshichilik san`ati festivaliga tayyorgarlik boshlandi
Prezidentimizning joriy yil 1 noyabrdagi “Xalqaro baxshichilik san`ati festivalini o`tkazish to`g`risida”gi qaroriga muvofiq 2019 yil 5-10 aprel kunlari Termiz shahrida o`tkaziladigan xalqaro baxshichilik san ...
06.11.2018 / 14:18
Madaniyat vazirligi qadimiy maqbara buzilishiga izoh berdi
O`rta asrlar arxitekturasining noyob yodgorligi, Qoraqalpog`istondagi Shamunabiy maqbarasini buzib tashlashga to`g`ri keldi, aks holda uning o`zi qulab tushgan bo`lardi, deya hisoblaydi O`zbekiston Madaniyat vazirligi. « ...
01.11.2018 / 13:31
Ozodbek Nazarbekov Termizda Turkmaniston delegasiyasini kutib oldi
14 oktyabr kuni Termizga Turkmaniston delegasiyasi tashrif buyurdi. Delegasiyani madaniyat vaziri o`rinbosari Ozodbek Nazarbekov kutib oldi, deb xabar beradi O`zA. Turkmaniston delegasiyasi 371 kishidan iborat.
15.10.2018 / 14:47