O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Fan va ta'lim
"O`qituvchi maqomi to`g`risida"gi qonun loyihasi muhokamaga qo`yildi

O`zbekiston Xalq ta`limi vazirligi “O`qituvchi maqomi to`g`risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqdi va uni normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirdi, deya xabar qiladi vazirlik matbuot xizmati.

2018 yilning iyun oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev xalq ta`limi sohasida keng ko`lamli islohotlarni boshladi va Xalq ta`limi vazirligining yangi jamoasiga jamiyatda o`qituvchi maqomini oshirish bo`yicha qator vazifalar qo`yildi. Unga ko`ra, Xalq ta`limi tizimini takomillashtirish bo`yicha Prezident farmonlari va qarorlari qabul qilindi.

Jumladan, 2018 yilning 5 sentyabr kuni “Xalq ta`limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjatda “O`qituvchi maqomi to`g`risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish vazifasi qo`yilgan edi.

Qonun loyihasi o`qituvchilarning maqomini va pedagogik faoliyat prinsiplarini hamda o`quvchilarning malakasini oshirish bo`yicha tizimni belgilab beradi.

Hujjatda o`qituvchilarning sha`ni va qadr-qimmati kafolatlari belgilanadi. Xususan, o`qituvchilarning ish haqidan qonunchilikda ko`zda tutilmagan to`lovlarni, jumladan, davriy nashrlarga obuna bo`lish, asossiz maoshidan ushlab qolish taqiqlanadi.

Qonun loyihasiga ko`ra, ta`lim muassasalari o`qituvchilarini majburiy mehnat, shahar va tuman hududlarini ko`kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlariga, metallolom va makulatura yig`ishga, qishloq xo`jaligidagi mavsumiy va shunga o`xshash boshqa ishlarga jalb etish taqiqlanadi.

Ota-ona o`qituvchining professional majburiyatlari doirasiga kiradigan masalalarga asossiz aralashish huquqiga ega emaslar.

Qonun loyihasida o`qituvchilarning ijtimoiy himoyasi va individual pedagogik faoliyatga doir huquqlarini belgilab berish ham ko`zda tutilgan.

O`zbekiston Xalq ta`limi vazirligi “O`qituvchi maqomi to`g`risida”gi qonun loyihasini yanada takomillashtirish uchun barchani, jumladan, malakali pedagoglarni 15 noyabrga qadar muhokamaga chorlaydi.

Mavzuga oid yangiliklar
Maktabgacha ta`lim vazirligi faoliyatining bir yilligiga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi
Dastlab anjuman doirasida press tur tashkil etilib, ommaviy axborot vositalari Toshkentning Mirzo Ulug`bek tumanidagi 324-maktabgacha ta`lim muassasasiga tashrif buyurdi, deya xabar berdi O`zA. Ushbu muassasa ko ...
12.11.2018 / 09:19
Maktablar avtobus bilan ta’minlanadimi? Masalaga XTV oydinlik kiritdi
O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi ba’zi internet nashrlarida mamlakatimizning barcha maktablari 2019-yilning 1-yanvarigacha avtobuslar bilan ta’minlanishi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritadi, deb xabar bermoqda  ...
07.11.2018 / 09:36
Sherzod Shermatov: 13 mingga yaqin erkak o`qituvchilar maktablarimizga qaytishdi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2 noyabr kuni xalq ta`limi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazgani haqida xabar bergan edik. ...
06.11.2018 / 13:54
Qoraqalpog`istonlik talaba qiz «Muhammad al-Xorazmiy» nomidagi stipendiya sovrindori bo`ldi
TATU Nukus filialining telekommunikasiya va AKT sohasidagi kasbiy ta`lim fakultetining Dasturiy injiniring yo`nalishi 4-bosqich talabasi Aygul Mamutova 2018-2019 o`quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyaga sazovor bo`ldi. ...
08.11.2018 / 11:09
Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosi haqida ishchi guruhning so`nggi xulosasi
Ayni kunlarda jamoatchilik, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari o`rtasida lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini takomillashtirish, ayrim harflarga o`zgartirish kiritish borasidagi fikrlar keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda. O ...
07.11.2018 / 09:31
Bojxona instituti qayta tashkil etildi
O`zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi. ...
05.11.2018 / 13:54