O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Fan va ta'lim
Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini takomillashtirish bo‘yicha vazifalar berdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda maktablar binosi, ularning moddiy-texnik bazasi holatiga e’tibor qaratildi. Maktablarda 11 yillik tizimga o‘tilgach, o‘quvchilar soni 1 millionga ortgan. Bugungi kunda 138 ta maktab filiali o‘z binosiga ega emas, 55 ta filialda o‘quvchilar soni me’yoridan yuqori.

Prezident belgilangan maktablardagi qurilish-ta’mirlash ishlarini yakunlash, markazlashgan investitsiya mablag‘lari hisobidan ularni jihozlash kerakligini ta’kidladi.

Hududlar talabidan kelib chiqib, litsey va kollejlarning bo‘shagan binosini joriy yil oxiriga qadar Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazish, 2019 yil 1 yanvargacha joylardagi maktab filiallarini asosiy maktabga aylantirish, maktab avtobuslari bilan tizimli ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilishda maktablarda bilim berish va o‘zlashtirish darajasi bugungi zamon talablariga mos emasligi tanqid qilindi. 10-11-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etish va ularni jihozlash ishlari qoniqarsiz ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Mamlakatda xorijiy tajriba asosida xususiy maktablarni rivojlantirish istiqbolli vazifalardan ekani qayd etildi.

Yig‘ilishda maktablarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarining borishi ham muhokama qilindi. Xalq ta’limi va Moliya vazirliklari mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 2 hafta muddatda maktablarni kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyorlash choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

 

Mavzuga oid yangiliklar
Maktabgacha ta`lim vazirligi faoliyatining bir yilligiga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi
Dastlab anjuman doirasida press tur tashkil etilib, ommaviy axborot vositalari Toshkentning Mirzo Ulug`bek tumanidagi 324-maktabgacha ta`lim muassasasiga tashrif buyurdi, deya xabar berdi O`zA. Ushbu muassasa ko ...
12.11.2018 / 09:19
Maktablar avtobus bilan ta’minlanadimi? Masalaga XTV oydinlik kiritdi
O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi ba’zi internet nashrlarida mamlakatimizning barcha maktablari 2019-yilning 1-yanvarigacha avtobuslar bilan ta’minlanishi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritadi, deb xabar bermoqda  ...
07.11.2018 / 09:36
Sherzod Shermatov: 13 mingga yaqin erkak o`qituvchilar maktablarimizga qaytishdi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2 noyabr kuni xalq ta`limi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazgani haqida xabar bergan edik. ...
06.11.2018 / 13:54
Qoraqalpog`istonlik talaba qiz «Muhammad al-Xorazmiy» nomidagi stipendiya sovrindori bo`ldi
TATU Nukus filialining telekommunikasiya va AKT sohasidagi kasbiy ta`lim fakultetining Dasturiy injiniring yo`nalishi 4-bosqich talabasi Aygul Mamutova 2018-2019 o`quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyaga sazovor bo`ldi. ...
08.11.2018 / 11:09
Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosi haqida ishchi guruhning so`nggi xulosasi
Ayni kunlarda jamoatchilik, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari o`rtasida lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini takomillashtirish, ayrim harflarga o`zgartirish kiritish borasidagi fikrlar keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda. O ...
07.11.2018 / 09:31
Bojxona instituti qayta tashkil etildi
O`zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi. ...
05.11.2018 / 13:54