O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Davlat granti ajratish boʻyicha qoʻshimcha 8 -tanlov eʼlon qilindi

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi

“Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taʼminlashda jamoatchilik nazoratini yuksaltirish”

mavzusida davlat granti qoʻshimcha tanlovini

EʼLON QILADI

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini quyidagi ijtimoiy maqsadlarni amalga oshirishni nazarda tutgan loyihalari qabul qilinadi:

1. Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini va qonun hujjatlarining mazmun moxiyatini, ularga rioya etilishini keng targʻib etish;

2. Majburiy mehnatni oldini olish boʻyicha davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qilish organlari bilan ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;

3. Mehnat qonunchiligi talablarini bajarilishi, majburiy mehnatga yoʻl quymaslik yuzasidan aholi bilan ochiq muloqot mexanizmlarini joriy etish;

4. Uyushmagan, ishsiz fuqarolarni bandligini taʼminlashga, ularni tadbirkorlik va oilaviy biznesning turli shakllariga keng jalb qilishga koʻmaklashish;

5. Davlat vakillik organlarining fuqarolarni kafolatlangan mehnat huquqlarini taʼminlash masalalari boʻyicha hududiy komissiyalari bilan hamkorlikda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

6. Bolalar mehnati va majburiy mehnat masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash bilan hamkorlikda erishilgan ijobiy natijalar barqarorligini taʼminlash chora tadbirlariga koʻmaklashish;

Tanlovga ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

2. www.fundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;

3. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Ustav (Nizomi) hamda guvohnomaning muhr bilan tasdiqlangan nusxasi;

4. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.

5. Manfaatdor davlat va yirik jamoat tashkilotlari bilan tuzilgan ijtimoiy sheriklik qoʻshma rejalari ilova qilinishi mumkin.

Bitta loyiha uchun davlat granti miqdori – 30 mln. soʻmgacha.

Hujjatlar 2018 yil 26 oktyabrdan 28 noyabrgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar “Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi” nomiga:

100163, Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 43-uy manziliga “Oʻzbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda (A4 formatda) yuborilishi shart.

Hujjatlar namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.

Mavzuga oid yangiliklar
OʻzMAA axborot mahsulotlarini yoshga oid tasniflash boʻyicha ekspertlar akkreditatsiyasini eʼlon qiladi
2018 yilning 22 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to ...
13.11.2018 / 15:20
Denov tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Denov tumani Kengashining bugun o`tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida tumanning yangi hokimi tasdiqlandi. Ibatov Baxtiyor Kenjaevich tuman hokimi etib tasdiqlandi. ...
12.11.2018 / 09:19
«Hukumat soati»: Kuz-qish davriga tayyorgarlik deputatlar e`tiborida
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatida tarkib topgan yangi an`anaga ko`ra, «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to`g`risida»gi hamda «Parlament nazorati to`g`risida»gi O ...
08.11.2018 / 11:09
14 noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 14 noyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 ...
13.11.2018 / 15:15
Xalqaro seminar ishtirokchilari Ichan qal`ada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi
12 noyabr kuni «Konservasiya, restavrasiya va tiklash ishlarining dolzarb muammolari: nazariya va amaliyot» mavzusiga bag`ishlangan xalqaro seminar ishtirokchilari Ichan qal`ada xitoylik mutaxassislar tomonidan madaniy meros ob ...
12.11.2018 / 09:18
"Yoshlar oromgohi"da hududiy etakchilar uchun o`quv-seminari bo`lib o`tmoqda
Joriy yilning 6-9 noyabr kunlari Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da O`zbekiston yoshlar ittifoqining o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida ta`lim oluvchi hududiy etakchilar Kengashi a`zolari uchun o ...
08.11.2018 / 11:07