O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Fan va ta'lim
Maktablar avtobus bilan ta’minlanadimi? Masalaga XTV oydinlik kiritdi

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi ba’zi internet nashrlarida mamlakatimizning barcha maktablari 2019-yilning 1-yanvarigacha avtobuslar bilan ta’minlanishi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritadi, deb xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati.

Joriy yilning 2-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilgan edi.

Mazkur yig‘ilishda 2019-yil 1-yanvargacha joylardagi maktab filiallarini asosiy maktabga aylantirish vazifasi qo‘yildi. Asosiy maktab tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘lmagan joylarda esa, o‘quvchilarning asosiy maktabga borishlari uchun avtobus xizmatlari yo‘lga qo‘yilishi masalasini o‘rganib chiqish kerakligi ta’kidlandi. Bu tashabbus qishloq bolalarini ham yaxshi sharoitlarda o‘qishini ta’minlash o‘quvchilar uzog‘ini yaqin qilishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tizimida 9,6 mingdan ziyod maktablar faoliyat yuritadi va ularning barchasini ikki oyda avtobuslar bilan ta’minlash imkoniyati mavjud emas. Shuning uchun bu masala, birinchi navbatda eng zarur bo‘lgan uzoq joylardagi maktablar uchun ko‘zda tutiladi.

Mavzuga oid yangiliklar
Maktabgacha ta`lim vazirligi faoliyatining bir yilligiga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi
Dastlab anjuman doirasida press tur tashkil etilib, ommaviy axborot vositalari Toshkentning Mirzo Ulug`bek tumanidagi 324-maktabgacha ta`lim muassasasiga tashrif buyurdi, deya xabar berdi O`zA. Ushbu muassasa ko ...
12.11.2018 / 09:19
Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosi haqida ishchi guruhning so`nggi xulosasi
Ayni kunlarda jamoatchilik, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari o`rtasida lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini takomillashtirish, ayrim harflarga o`zgartirish kiritish borasidagi fikrlar keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda. O ...
07.11.2018 / 09:31
Bojxona instituti qayta tashkil etildi
O`zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi. ...
05.11.2018 / 13:54
Qoraqalpog`istonlik talaba qiz «Muhammad al-Xorazmiy» nomidagi stipendiya sovrindori bo`ldi
TATU Nukus filialining telekommunikasiya va AKT sohasidagi kasbiy ta`lim fakultetining Dasturiy injiniring yo`nalishi 4-bosqich talabasi Aygul Mamutova 2018-2019 o`quv yilida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyaga sazovor bo`ldi. ...
08.11.2018 / 11:09
Sherzod Shermatov: 13 mingga yaqin erkak o`qituvchilar maktablarimizga qaytishdi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2 noyabr kuni xalq ta`limi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazgani haqida xabar bergan edik. ...
06.11.2018 / 13:54
Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini takomillashtirish bo‘yicha vazifalar berdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi ...
02.11.2018 / 19:55