O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
"O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotga yo‘q” II xalqaro kongressi anonsi
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
“Buxoro ipak va tillasi: Buxoro amirlari elchilari sovg‘alari RFA Antropolgiya va etnografiya muzeyi to‘plamlarida”
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
«Hukumat soati»: Kuz-qish davriga tayyorgarlik deputatlar e`tiborida

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatida tarkib topgan yangi an`anaga ko`ra, «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to`g`risida»gi hamda «Parlament nazorati to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan 2018 yil 7 noyabr kuni navbatdagi «Hukumat soati» o`tkazildi.

Deputatlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini o`rganish yuzasidan olib borgan ishlari hamda joylarda aholi tomonidan ko`tarilgan masalalardan kelib chiqib, quyi palatadagi deputatlar birlashmalari takliflariga ko`ra, «Hukumat soati»da ko`rib chiqish uchun ikkita masala – “2018/2019 yillar kuz-qish davrida kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, ko`p xonadonli turar joy binolari va ijtimoiy soha ob`ektlarini barqaror ishlashga tayyorlash bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli to`g`risida”gi hamda “2018/2019 yillar kuz-qish davrida aholini barqaror narxlarda va uzluksiz ravishda asosiy turdagi qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash hamda bu boradagi zaxirani shakllantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarning borishi to`g`risida”gi masalalar kiritildi. 

Mazkur masalalar yuzasidan deputatlar savollariga atroflicha javob berish uchun O`zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi hamda Qishloq xo`jaligi vazirligi mutasaddi rahbarlari Qonunchilik palatasiga taklif etildi. 

Tadbirda hukumat vakillari deputatlar tomonidan qo`yilgan masalalar yuzasidan qisqacha ma`lumot berib, so`ngra ularning savollariga batafsil javob qaytardilar. 

Ma`lumki, shu yilning 26 oktyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida poytaxtimizning Yunusobod tumaniga tashrifi asnosida muhim ijtimoiy masalalar xususida to`xtalar ekan, uy-joy fondini rivojlantirish, kommunal xizmatlarni yaxshilash, ob`ektlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasida muhim vazifalarni belgilab bergan edi. Xususan, hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini, ayniqsa, ko`p qavatli uy-joylarga kommunal xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar faoliyatini keskin tanqid qilgan edi. 

Xabaringiz bor, mamlakatimizda bu boradagi masalalarni kompleks ravishda echish maqsadida o`tgan yili O`zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi tashkil etilgandi. 

“Hukumat soati” avvalida deputatlar O`zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vaziri Muzaffar Salievga mazkur vazirlik o`tgan davr mobaynida sohani tubdan yaxshilash, muammolarni bartaraf qilishga doir chora-tadbirlar doirasida sohaning qonunchilik asosini zamon talablariga ko`ra takomillashtirish borasida etarlicha tashabbus ko`rsatmayotgani xususida savollar bilan murojaat etdilar. 

O`z navbatida, vazir deputatlarning tanqidiy ruhdagi savollariga javob qaytarar ekan, bu boradagi muammo va kamchiliklarni qayta ko`rib chiqish, avvalo, sohaning huquqiy jihatlarini takomillashtirish maqsadga muvofiq ekanini ta`kidladi. 

Shu bilan birga, vazir axborotida qayd etilishicha, 2018-2019 yillar kuz-qish davrida kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, ko`p xonadonli turar joy binolari va ijtimoiy soha ob`ektlarini barqaror ishlashga tayyorlash bo`yicha muayyan ishlar amalga oshirilgan. Joriy yilning 29 oktyabr holatiga respublika bo`yicha ko`p honadonli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga barqaror tayyorlash bo`yicha Dastur bilan belgilangan 7 657 ta uyning 7 621 tasi joriy va mukammal ta`mirlanib, kuz-qish mavsumiga tayyorlangan. Mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan 546,5 milliard so`m mablag` ajratilgan. Tegishli dastur asosida 181,3 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari mukammal va 610,9 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari joriy ta`mirlangan. 

2018 yil yanvar-oktyabr oylari davomida elektr energiyasi ta`minoti bo`yicha 2 014 ta transformator punktida, 5 834,2 kilometr elektr uzatish tarmog`ida qurilish va ta`mirlash ishlari olib borilgan. Aholi va ijtimoiy soha muassasalari tabiiy gaz ta`minotini yaxshilash uchun 41,7 kilometr quvur kapital ta`mirlangan va 95,9 kilometr quvur rekonstruksiya qilingan. 

2018 yil boshidan buyon joylarga 632,7 ming dona maishiy gaz ballonlari, aholi xonadonlari uchun 321 569,2 tonna suyultirilgan gaz, ijtimoiy soha muassasalariga 284,9 ming tonna, aholiga esa 433,2 ming tonna ko`mir etkazib berilgan. Hududlarda 51,7 ming tonna ko`mir zaxirasi shakllantirilgan. 

Shu bilan birga, deputatlar vazir e`tiborini bu sohadagi ishlar samaradorligini oshirish lozimligiga qaratdilar. 

“Hukumat soati”da navbatdagi masala yuzasidan so`zga chiqqan O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi vaziri Bahodir Yusupov joriy yilning kuz-qish davrida aholini barqaror narxlarda, asosiy turdagi qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta`minlash, bu boradagi zaxirani shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash xususida axborot berdi. 

Ta`kidlanganidek, hozirgi kunda mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari hajmi ko`payishiga erishilmoqda. Xususan, 2018 yil oxirigacha 11,2 million tonna sabzavot, 2,9 million tonna kartoshka, 2,7 million tonna meva, 2,1 million tonna poliz va 1,7 million tonna uzum yig`ib-terib olinishi ko`zda tutilgan. Umuman, o`tgan yilga nisbatan 1,4 million tonna ko`proq yalpi hosil olish rejalashtirilgan. 

Meva-sabzavot, poliz, uzum va boshqa qishloq xo`jalik mahsulotlarini eksport qilish hajmi ham ortmoqda. 2018 yilning 9 oyida o`tgan yilning shu davriga nisbatan 190 million dollar ko`proq, ya`ni 587 million AQSh dollari qiymatidagi 972 ming tonna (o`tgan yilning shu davriga nisbatan 351 ming tonnadan ortiq) yangi va quritilgan meva-sabzavot, poliz va uzum mahsulotlari eksport qilinishiga erishildi. 

Shu bilan birga, deputatlar Prezidentimizning tegishli qarorlari asosida respublikada parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, kartoshkachilik, limonchilikni rivojlantirish borasida ham tizimli ishlar olib borilayotganini e`tirof etdilar. 2017 yilga nisbatan parranda go`shti (179 ming tonna) va tuxum ishlab chiqarish (7,1 milliard dona) 6 foizga, baliq etishtirish (150 ming tonna) 30 foizga, kartoshka etishtirish (3 million tonna) 7 foizga, limon etishtirish (30 ming tonna) 43 foizga, asal ishlab chiqarish (17 ming tonna) 38 foizga oshishi kutilayotgani aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash darajasini yaxshilash imkonini beradi. 

Xo`jaliklar tomonidan buyurtmalar bo`yicha etkazib berilgan, xorijga eksport qilingan qishloq xo`jaligi mahsulotlaridan tashqari hozirgacha 25 ming tonnaga yaqin kartoshka, 30 ming tonnadan ortiq piyoz, 15 ming tonnadan oshiq sabzi va 6 ming tonnadan ziyod guruch zaxirasi yaratilgan. 

“Hukumat soati” yakunida Qishloq xo`jaligi vazirligi tomonidan bu sohadagi ishlar yanada samarali tashkil etilishi lozimligi ta`kidlandi. Ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan samarali parlament nazoratini ta`minlashga kelishib olindi. 

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati

Mavzuga oid yangiliklar
OʻzMAA axborot mahsulotlarini yoshga oid tasniflash boʻyicha ekspertlar akkreditatsiyasini eʼlon qiladi
2018 yilning 22 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to ...
13.11.2018 / 15:20
Denov tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Denov tumani Kengashining bugun o`tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida tumanning yangi hokimi tasdiqlandi. Ibatov Baxtiyor Kenjaevich tuman hokimi etib tasdiqlandi. ...
12.11.2018 / 09:19
"Yoshlar oromgohi"da hududiy etakchilar uchun o`quv-seminari bo`lib o`tmoqda
Joriy yilning 6-9 noyabr kunlari Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da O`zbekiston yoshlar ittifoqining o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida ta`lim oluvchi hududiy etakchilar Kengashi a`zolari uchun o ...
08.11.2018 / 11:07
14 noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 14 noyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 ...
13.11.2018 / 15:15
Xalqaro seminar ishtirokchilari Ichan qal`ada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi
12 noyabr kuni «Konservasiya, restavrasiya va tiklash ishlarining dolzarb muammolari: nazariya va amaliyot» mavzusiga bag`ishlangan xalqaro seminar ishtirokchilari Ichan qal`ada xitoylik mutaxassislar tomonidan madaniy meros ob ...
12.11.2018 / 09:18
Turizm qo`mitasiga rahbar tayinlandi
Abdulaziz Oqqulov Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda qo`mita matbuot xizmati xabar berdi. Abdulaziz Oqqulov 2018 yilning 22 may kuni Turizmni rivojlantirish davlat qo ...
08.11.2018 / 11:07