O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Узбекистан Обретенные откровения
Узбекистан Обретенные откровения
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
“Obod turmush yili” Davlat dasturi: so'z va axborot erkinligini ta'minlashda Davlat – OAV – jamiyat hamkorligi

2013 yilning 26 fevral – 5 mart kunlari O'zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assotsiatsiyasi tomonidan o'tkazilayotgan media-kunlar doirasida 27 fevral kuni poytaxtimizning “Dedeman” mehmonxonasida “Obod turmush yili” Davlat dasturi: so'z va axborot erkinligini ta'minlashda Davlat – OAV – jamiyat hamkorligi” mavzusidagi davra suhbati bo'lib o'tdi.
Davra suhbatida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, NNTlar vakillari, “Forum TV”ning hududlardagi muxbirlik punktlari jurnalistlari, Yoshlar telestudiyalari ijodkorlari,  ishtirok etishdi.
Tadbir tashkilotchilari O'zEOAVMA, Vazirlar Mahkamasi Madaniyat, ta'lim, sog'liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari majmuasi va Fond Forum.
Ma'lumki, mamlakatimiz bosh qomusi – Konstitusiyamiz qabul qilinganligining 20 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov tomonidan 2013 yil – O'zbekistonda “Obod turmush yili” deb e'lon qilindi. Shu yilning 14 fevral kuni esa, Prezidentimizning PQ-1920-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Obod turmush yili” Davlat dasturi imzolandi.
Davlat dasturining 86-bandida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yo'ldosh aloqa kanallaridan samarali foydalangan holda “Obod turmush yili” Davlat dasturi mazmun-mohiyati haqida axborot-tushuntirish ishlarini tizimli tashkil etish, jamoasi asosan yoshlardan tarkib topgan “FORUM-TV” va NTT telekanalari tomonidan reportajlar, axborot lavhalari, ijtimoiy roliklar tayyorlash va nodavlat-notijorat tashkilotlar tomonidan “Obod turmush yili” Davlat dasturi doirasida o'tkazilayotgan tadbirlarni keng yoritish vazifalari belgilangan.
Bugun yurtimizdagi 100 dan ortiq nodavlat teleradiouzatuvchilarni o'z safida birlashtirgan O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi Dalat dasturining ijrosini ta'minlash bo'yicha 13 ta bandda mas'ul etib belgilangan. Ushbu yo'nalishda Assotsiatsiya va uning a'zolari tomonidan 9 000 ta axborot lavhalari, 15 000 ta radio xabarlari, 2500 ta mualliflik loyihalari va ijtimoiy teleradioroliklar tayyorlanishi rejalashtirilgan.
Ushbu jarayonda media-bozorning xususiy sektori vakillarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, sohaning qonunchilik bazasini takomillashtirish, ularning faoliyatini tashkil etishga ko'maklashish, kasbiy malakalarini doimiy ravishda, tizimli oshirib borish, bu jarayonga mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etish, moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, yuqori rivojlangan axborot tarqatish texnologiyalari hamda mexanizmlarini joriy etish muhim ahamiyatga ega.
Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda Davlat dasturining 85 – bandiga e'tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Unda respublika hududlarida istiqomat qilayotgan yoshlarni jurnalistika sohasiga jalb qilish, yosh teleradiojurnalistlarning kasbiy malakasini oshirish, ularning ijod qilishlari uchun qulay sharotlarni yaratish, shuningdek “Obod turmush yili” davlat dasturi ijrosining keng yoritilishi, mahalliy va xorijiy teleradio auditoriyasi o'rtasida targ'ibot-tashviqot ishlarini ta'minlash maqsadida: yil davomida 2 ta Media-lager, 4 ta festival, bundan tashqari qo'shimcha tarzda O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan 38 ta seminar-treninglar tashkil etish va o'tkazish, ushbu jarayonga 1500 nafardan ortiq yoshlarni jalb etish rejalashtirilgan.
Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, 2008 yilda “Yoshlar yili” Davlat dasturi doirasida Fond Forum, Assotsiatsiya, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi hamkorligida tashkil etilgan yoshlar telestudiyalarining vakillari bugun nodavlat efir studiyalarida, xususan “Forum-TV”, NTT telekanallarida o'zining mustahkam o'rnini topishgan.

Mavzuga oid yangiliklar
"Jurnalistlar bahori" tanlovi - nodavlat elektron OAV vakillarining yana bir qirrasi
O'zEOAVMA tomonidan “3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni” hamda Assotsiatsiyaning 10 yilligi munosabati tashkil etilgan media-kunlarning mantiqiy davomi sifatida 3 may kuni “Jurnalistlar bahori-2013” an ...
06.05.2013 / 18:07
Online trening markazi ertaga ochiladi
BMT Bosh Assambleyasida e'lon qilingan Jahon matbuoti erkinligi kuni arafasida O'zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assotsiatsiyasining 10 yilligi munosabati bilan 2013 yil 2 may kuni Yoshlar multimedia telekompleksida (&ldquo ...
01.05.2013 / 19:18
AQSh davlat kotibi yordamchisi Mayk Xammer O'zEOAVMAda
10 aprel kuni O'zEOAVMAga AQSh davlat kotibining jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha yordamchisi Mayk Xammer tashrif buyurdi. Tashrifdan ko'zlangan maqsad - avvalo O ...
10.04.2013 / 19:11
"Online trening markazi" ochildi
2013 yilning 2 may kuni Markaziy Osiyo davlatlarida birinchi "Online trening markazi"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ochilish marosimida davlat, jamoat, xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.  ...
03.05.2013 / 09:55
Nemis mutaxassisi Forum TV va NTT faoliyatini yuqori baholadi
2013 yil 30 aprel kuni Germaniyaning “Sachen Fernshen GmbH & Co. Fernesh-Betriebs KG” telekompaniyasi ishlar boshqaruvchisi Rene Falkner Forum TV hamda NTT telekanali faoliyati bilan yaqindan tanishdi ...
30.04.2013 / 14:05
Malayziyaning O'zbekistondagi elchisi NTT va Forum TV kanallariga tashrif buyurdi
Ma'lumki yurtimizda keyingi yillarda nodavlat televidenielar soni ortib bormoqda. E'tiborlisi ular o'z faoliyatlari bilan, ijodiy ishlari bilan tobora xalq orasiga kirib bormoqda ...
10.04.2013 / 17:42