O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Узбекистан Обретенные откровения
Узбекистан Обретенные откровения
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
NTTlar faoliyati - elektron ommaviy axborot vositalarida yoshlar loyihalarini rivojlantirishning asosiy omili

2013 yilning 26 fevral – 5 mart kunlari O'zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assotsiatsiyasi tomonidan  o'tkazilayotgan media-kunlar doirasida 27 fevral kuni poytaxtimizning “Dedeman” mehmonxonasida “NTTlar faoliyati - elektron ommaviy axborot vositalarida yoshlar loyihalarini rivojlantirishning asosiy omili” mavzusidagi media-forumi bo'lib o'tdi.
Media-forumda O'zEOAVMAning mahalliy va xorijiy hamkor tashkilotlar vakillari, hududiy teleradiostansiyalar rahbarlari, nodavlat teleradiostansiyalar juranlist va muharrirlari, yoshlar telestudiyalari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirni o'tkazishdan ko'zlangan maqsad – nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat tashkilotlari, xususan Fond Forum bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan yoshlarga mo'ljallangan media loyihalarni amalga oshirish, ularni yanada takomillashtirish va nodavlat teleradiostansiyalar efirida keng yoritishdir.
Tadbir tashkilotchilari: Fond Forum, O'zEOAVMA, Oliy Majlis huzuridagi Parlament komissiyasi, YeXHT, YuNESKO va K.Adenauer jamg'armalarining O'zbekistondagi vakolatxonalari.
Media-kunlar doirasida 26 fevral kuni quyidagi 5 ta yo'nalishda seminar-treninglar, master-klasslar o'z ishini boshladi:
-    O'zEOAVMAga a'zo nodavlat telestansiyalar rahbarlari uchun seminar-trening;
-    prodyuser va rejisser, CFI telekanali xalqaro eksperti Regiz Gezelbash ishtirokida “Forum TV” muxbirlari uchun master-klass. R.Gezelbash shu kungacha Yoshlar teelstudiyalari uchun 3 marta seminar-trening o'tkazgan;
-    Yoshlar telestudiyalari muxbirlari uchun seminar-trening;
-    frilanser va jurnalist Brigit Vetsel ishtirokida “Nigoh” axborot-tahliliy dasturi muxbirlari uchun master-klass;
-    O'zEOAVMA Radio axborot markaziga a'zo nodavlat radiostansiyalar muxbirlari uchun seminar-trening.
Media-forum erkin muloqot tarzida tashkil etilib, muhokamalar davomida yoshlar telestudiyalari faoliyatini rivojlantirish, ular tomondan amalga oshirilayotgan tmedia loyihalarni ijodiy va texnik jihatdan qo'llab-quvvatlash masalalari ko'rib chiqiladi. Tadbir yakunida “Forum TV”ning hududlardagi Yoshlar muxbirlik punktlariga zamonaviy texnik uskunalar jamlanmasi topshirildi.

Ma'lumot uchun: Fond Forumning ushbu loyihasi mamlakatimiz yosh jurnalistlari o'rtasida allaqachon o'z o'rniga ega. 2009 yildan, ya'ni Gulnora Karimova Yoshlar media kengashi raisi etib saylangandan boshlab, Fond Forum boshchiligida xorijlik tajribali mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar, master-klasslar tashkil etildi. Ular orasidan eng muhimi sifatida O'zEOAVMA tomonidan YuNESKO, YeXG'T, K.Adenauer jamg'armalari ko'magida har yili o'tkaziladigan media-forumni, shuningdek yosh jurnalistlar uchun yozgi o'quv-oromgohlarini aytib o'tish mumkin. O'tgan davr mobaynida kinorejisser Tomas Grimm (Germaniya), Amazing Live telekanali prodyuseri Oleg Strinev (Rossiya), National Geographic ilmiy-ommabop filmlar kinooperatori Djon Xazard (AQSh), frilanser va jurnalist Brigit Vetsel (Germaniya), prodyuser va rejisser, CFI telekanali xalqaro eksperti Regiz Gezelbashlar va boshqa xorijiy trenerlar ishtirokida master-klasslar tashkil etildi.
Qayd etish joizki, yosh jurnalistlar uchun tizimli ravishda o'tkazilayotgan seminarlar o'zining ijobiy natijasini bermoqda. Yoshlar telestudiyalari ishtirokchisi, ayni kunlarda “Forum TV” jurnalisti S.Sagadeeva tomonidan tasvirga olingan “Sandiq” qisma metrajli film “Oltin Gepard-2012” Toshkent xalqaro kinoforumi nominantlari ro'yxatiga kiritildi.
NTT teletarmog'ining “Yangi avlod” bolalar studiyasi YuNISEF shtab-kvartirasi tomonidan Nyu York shahrida o'tkazilgan butunjahon bolalar filmlari tanlovida, Fond Forumning sportga yo'naltirilgan loyihalari haqidagi film 2010 yili Italiyada o'tkazilgan mashhur “Milan sport filmlari va dasturlari” festivalida “Sport orqali madaniyat” nominatsiyasida Rossiyaning “Birinchi kanal”i, Italiyaning “Rai TV” kabi telekanallar o'rtasida g'oliblikni qo'lga kiritdi. Festival mukofoti – Palma yaprog'i Fond Forumning yosh iste'dodlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarining xalqaro miqyosda tan olinishi edi.   
Ta'kidlash joizki, bugun o'zbek media maydonida o'z o'rnini topgan, turli loyihalarni amalga oshirayotgan, faoliyat olib borayotgan yosh jurnalistlar 2008 yili O'zEOAVMA tomonidan Fond Forum bilan hamkorlikda yo'lga qo'yilgan “Kelajak ovozi” Yoshlar telestudiyalari loyihasi ishtirokchilaridir. Loyihani amalga oshirish boshlangandan beri (2008) Yoshlar telestudiyalarining 61 ishtirokchisi ishlarga joylashdi: “Forum TV” tahririyatida 16 nafar, hududiy muxbirlik punktlarida 23 nafar, NTTda 7 nafar, hududiy telestansiyalarda 10 nafar, radiostansiyalarda 5 nafar. Aytish mumkinki, ular bugun ko'zga ko'rinarli muvaffaqiyatlarga ham erishishdi. Masalan, Namangan Yoshlar telestudiyasi bitiruvchisi Baxtiyor To'raxanov “Forum TV” bosh muharriri va boshlovchisi, Samarqand Yoshlar telestudiyasi bitiruvchisi Muhammadjon Bekmuhammedov O'zEOAVMA ijrochi direktori, Farg'ona yoshlar telestudiyasi bitiruvchisi Nazira Maqsudova NTT bosh muharriri, “Kelajak ovozi” yoshlar telestudiyasi muxbiri Polina Komleva O'zEOAVMA matbuot kotibi sifatida faoliyat ko'rsatmoqda. Olingan nazariy va amaliy bilimlarning natijasi loyiha sifatida media kunlar davomida o'tkaziladigan Media forumda taqdim etiladi.


2013 yilda o'zining 10 yilligini nishonlayotgan O'zEOAVMA 2003 yilda faoliyatini boshlagan bo'lib, ayni kunda 100dan ortiq nodavlat teleradiostansiyalar hamda kabel studiyalarini birlashtirgan. O'zEOAVMA o'z faoliyatini 2003 yilda boshlagan bo'lib, bugungi kunda mamlakatimizdagi 100dan ortiq nodavlat teleradiostansiyalar va kabel studiyalarini birlashtirib turibdi. Assotsiatsiya faoliyatining muhim yo'nalishlaridan biri bu – respublika viloyatlaridagi hududiy nodavlat OAV ijodiy va texnik xodimlarining kasbiy malakasini tizimli ravishda oshirish, bu jarayonga xorijlik ekspertlarni jalb etish, nodavlat teleradiouzatuvchilarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga ko'maklashish tashkil etadi. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad – O'zbekistonda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, islohotlar mohiyati, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarini tezkor va sifatli yoritishda nodavlat elektron OAVning faoliyati samaradorligini oshirishdir. Bugun Assotsiatsiya a'zolari – teleradiostansiyalar xalqaro standartlarga mos keluvchi texnikalar bilan ta'minlangan. Faoliyat ko'rsatuvchi xodimlarning asosiy qismini yoshlar tashkil etuvchi Assotsiatsiyaning bosh shiori “Zamon bilan hamnafas, xalq bilan birga”dir. Yil davomida O'zEOAVMA tomonidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tajribali mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida Assotsiatsiya va unga a'zo teleradiostansiyalar ijodiy va texnik xodimlarining kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan  seminar-treninglar, master-klasslar, davra suhbatlari o'tkazib kelinadi. Bundan tashqari ijodiy guruhlar jahonning Latviya, Rossiya, Koreya, Xitoy kabi davlatlariga tajriba almashish uchun xizmat safarlariga yuborildi.

Mavzuga oid yangiliklar
"Jurnalistlar bahori" tanlovi - nodavlat elektron OAV vakillarining yana bir qirrasi
O'zEOAVMA tomonidan “3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni” hamda Assotsiatsiyaning 10 yilligi munosabati tashkil etilgan media-kunlarning mantiqiy davomi sifatida 3 may kuni “Jurnalistlar bahori-2013” an ...
06.05.2013 / 18:07
Online trening markazi ertaga ochiladi
BMT Bosh Assambleyasida e'lon qilingan Jahon matbuoti erkinligi kuni arafasida O'zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assotsiatsiyasining 10 yilligi munosabati bilan 2013 yil 2 may kuni Yoshlar multimedia telekompleksida (&ldquo ...
01.05.2013 / 19:18
AQSh davlat kotibi yordamchisi Mayk Xammer O'zEOAVMAda
10 aprel kuni O'zEOAVMAga AQSh davlat kotibining jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha yordamchisi Mayk Xammer tashrif buyurdi. Tashrifdan ko'zlangan maqsad - avvalo O ...
10.04.2013 / 19:11
"Online trening markazi" ochildi
2013 yilning 2 may kuni Markaziy Osiyo davlatlarida birinchi "Online trening markazi"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ochilish marosimida davlat, jamoat, xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.  ...
03.05.2013 / 09:55
Nemis mutaxassisi Forum TV va NTT faoliyatini yuqori baholadi
2013 yil 30 aprel kuni Germaniyaning “Sachen Fernshen GmbH & Co. Fernesh-Betriebs KG” telekompaniyasi ishlar boshqaruvchisi Rene Falkner Forum TV hamda NTT telekanali faoliyati bilan yaqindan tanishdi ...
30.04.2013 / 14:05
Malayziyaning O'zbekistondagi elchisi NTT va Forum TV kanallariga tashrif buyurdi
Ma'lumki yurtimizda keyingi yillarda nodavlat televidenielar soni ortib bormoqda. E'tiborlisi ular o'z faoliyatlari bilan, ijodiy ishlari bilan tobora xalq orasiga kirib bormoqda ...
10.04.2013 / 17:42