O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Узбекистан Обретенные откровения
Узбекистан Обретенные откровения
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Nodavlat elektron OAV yangi texnik rivojlanish imkoniyatlari

O'zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assotsiatsiyasi tomonidan 2013 yilning 26 fevralidan 6 martigacha Fond forum, YeXHT, K.Adenauer jamg'armalari bilan hamkorlikda a'naviy media-kunlar tashkil etildi. Media-kunlar doirasida xalqaro konferensiya, davra-suhbatlari, 5 ta yo'nalishda seminar-trening va master-klasslar o'tkazildi.
8. Media-kunlarning mantiqiy davomida sifatida 2013 yilning 5 mart kuni soat 16:00-1800da “City Palace” (“Markaziy”) mehmonxonasida Oliy  Majlis huzuridagi Parlament komissiyasi mablag'lari hisobidan sotib olingan zamonaviy raqamli texnik uskunalar jamlanmasini olish huquqini beruvchi sertifikatlarni tantanali topshirish marosimi o'tkaziladi.
Tadbirda Oliy majlis qonunchilik palatasi deputatlari, Parlament komissiyasi a'zolari, davlat, jamoat va xorijiy tashkilotlar, yurtimizda faoliyat ko'rsatayotgan chet davlatlar elchixonalari hamda diplomatik korpus vakillari, O'zEOAVMAga a'zo teleradiostansiyalar rahbarlari, Yoshlar studiyalari jurnalist va texnik xodimlari, hududiy telestansiyalar va nodavlat radiostansiyalar muharrirlari, O'zEOAVMA axborot markazi ijodkorlari ishtirok etadi.
Ma'lumot uchun: 2012 yilda Oliy Majlis huzuridagi Parlament komissiyasi tomonidan e'lon qilingan grantda ishtirok etgan teleradiostansiyalarga umumiy qiymati 184.5 million so'mlik g'oliblik sertifikatlari 25 iyun kuni “Ozod yurt to'lqinlari” media-festivalida topshirilgan edi. Assotsiatsiya boshchiligida ushbu mablag'ning 106 million so'miga 10 ta nodavlat hududiy telestansiyaga eng so'nggi rusumdagi texnik uskunalar xarid qilindi. Bundan tashqari aynan 2012 yilda O'zEOAVMA trening markazi uchun 8 ta jami 50 million so'mlik kompyuterlar jamlanmasi sotib olindi. Shuningdek, “Mustahkam oila yili” davlat dasturi doirasida 15 iyun hududiy telestansiyalarda va 24 iyun kuni NTT kanalida o'tkazilgan telemarafon ishtirokchilarini rag'batlantirish maqsadida komissiya tomonidan 20 million so'm ajratilgan edi.  
Bundan tashqari Parlament komissiyasi O'zEOAVMA tomonidan amalga oshirilayotgan turli loyihalarni moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, fraksiyalar hamda siyosiy partiyalar faoliyati haqida hikoya qiluvchi “Parlament soati” dasturi loyihasiga iqtisodiy ko'mak ko'rsatilmoqda. Ushbu dastur haftada bir marta NTT telekanali efirga uzatilib, yil davomida ko'rsatuvning 52 ta soni tayyorlanadi. Shuningdek, O'zEOAVMA Axborot markazi loyihasi. Ushbu loyiha doirasida kundalik “Hudud” axborot-tahliliy dasturi (bir yilda 261 ta son), “24 O'zbekiston” (bir yilda 520 ta son) va “Jahon 24” dasturi (bir yilda 520 ta son) tayyorlanadi va NTT hamda hududiy telestansiyalar orqali efirga uzatiladi.

Mavzuga oid yangiliklar
"Jurnalistlar bahori" tanlovi - nodavlat elektron OAV vakillarining yana bir qirrasi
O'zEOAVMA tomonidan “3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni” hamda Assotsiatsiyaning 10 yilligi munosabati tashkil etilgan media-kunlarning mantiqiy davomi sifatida 3 may kuni “Jurnalistlar bahori-2013” an ...
06.05.2013 / 18:07
Online trening markazi ertaga ochiladi
BMT Bosh Assambleyasida e'lon qilingan Jahon matbuoti erkinligi kuni arafasida O'zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assotsiatsiyasining 10 yilligi munosabati bilan 2013 yil 2 may kuni Yoshlar multimedia telekompleksida (&ldquo ...
01.05.2013 / 19:18
AQSh davlat kotibi yordamchisi Mayk Xammer O'zEOAVMAda
10 aprel kuni O'zEOAVMAga AQSh davlat kotibining jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha yordamchisi Mayk Xammer tashrif buyurdi. Tashrifdan ko'zlangan maqsad - avvalo O ...
10.04.2013 / 19:11
"Online trening markazi" ochildi
2013 yilning 2 may kuni Markaziy Osiyo davlatlarida birinchi "Online trening markazi"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ochilish marosimida davlat, jamoat, xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.  ...
03.05.2013 / 09:55
Nemis mutaxassisi Forum TV va NTT faoliyatini yuqori baholadi
2013 yil 30 aprel kuni Germaniyaning “Sachen Fernshen GmbH & Co. Fernesh-Betriebs KG” telekompaniyasi ishlar boshqaruvchisi Rene Falkner Forum TV hamda NTT telekanali faoliyati bilan yaqindan tanishdi ...
30.04.2013 / 14:05
Malayziyaning O'zbekistondagi elchisi NTT va Forum TV kanallariga tashrif buyurdi
Ma'lumki yurtimizda keyingi yillarda nodavlat televidenielar soni ortib bormoqda. E'tiborlisi ular o'z faoliyatlari bilan, ijodiy ishlari bilan tobora xalq orasiga kirib bormoqda ...
10.04.2013 / 17:42