O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Узбекистан Обретенные откровения
Узбекистан Обретенные откровения
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Nodavlat OAV uchun yangi grant tanlovi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash Jamoat fondi
Grant tanlovi olish uchun tanlov e'lon qiladi

Tanlov mavzusi: “Mustaqil OAVni yanada mustahkamlash, qonunlar, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar rivojlanish sohasidagi davlat dasturlari talablarining amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish” mamlakatda o'tkazilayotgan islohotlar siyosatining ochiqligi va oshkoralagini ta'minlash, aholining huquqiy ongini shakllantirish, huquqiy madaniyati va huquqiy bilimlarini yuksaltirish”

- “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”da belgilangan davlat va jamoat boshqaruvining ustuvor vazifalarini hal etishda hududiy nodavlat OAVning faol ishtirokini ta'minlash”;
- davlat hokimiyati organlari faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilib borish, jamoat birlashmalarining davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar, avvalambor fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari bilan bog'liq qarorlar haqidagi axborotlardan keng xabardor bo'lishini ta'minlash;
- aholining ekologik va tibbiy madaniyatini yanada yaxshilashda aholi orasida, ayniqsa yoshlarga sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda OAVlarning rolini oshirish;
- aholining, eng avvalo yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va ma'naviy qadriyatlarimizni yanada mustahkamlash, ularda mustaqil tafakkurni tarbiyalash;
- nodavlat OAV tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga, aholining huquqiy ongini shakllantirish, huquqiy madaniyati va huquqiy bilimlarini  yuksaltirishga ko'maklashish;
- milliy matbuotning sifati, mahorati va samarasini izchil oshirish;
- Bosma OAV materiallarini mamlakatimiz aholisining an'nalari, mentalileti, ko'p asrlik ijtimoiy rivojlanish tajribasi hamda jahon tamaddunining zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda kasbiy, g'oyaviy va badiiy saviyasini yuksaltirish;
- OAVning moliyaviy va iqtisodiy erkinligini mustahkamlash, axborot sohasida bozor mexanizmlarini yanada rivojlantirish;
- interne-jurnalistikasini rivojlantirish, milliy matbuotni xalqaro media-olamda munosib munosib o'ringa ega bo'lishi maqsadida uning usullarini o'zlashtirish.

 Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
1.O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash Jamoat fondi nomiga grant loyihasi taqdim etilayotganligi haqidagi kuzatuv xati;
2.Jamoat fondining www.fundngo.uz saytida joylashtirilgan shaklda to'ldirilgan grant olish uchun loyiha va uning CD-diskdagi elektron varianti;
3.Tashkilotning ro'yxatdan o'tganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;
4.Nizom nusxasi (tashkilot muhri bilan tasdiqlangan hamma o'zgarishlar va qo'shimchalar bilan). Bundan tashqari taqdim etilayotgan hujjatlarga manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiyanomasi va mazkur loyihaning qo'llab-quvvatlash xati ilova qilinishi mumkin.

Bitta loyiha bo'yicha ajratiladigan grant miqdori – 15 mln. so'mgacha.
NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining o'z mablag'lari jalb etilishi va ijtimoiy sheriklik qo'llab-quvvatlanadi.
Tanlovda davlat ro'yxatiga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirok etishi mumkin. G'ujjatlar ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan kundan boshlab 2013 yil 22 aprel soat 18-00 ga qadar qabul qilinadi.
Tanlov bo'yicha hujjatlar muhrlangan konvertda (A4 format): “100035, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Bunyodkor ko'ch., 1-uy” manzilda joylashgan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash Jamoat fondi nomiga yuborilishi shart.
Tanlovda ishtirok etish shartlari va tanlov hujjatlarining namunalari bilan Jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy saytida tanishish mumkin.
Ma'lumot uchun telefon: 239-26-76, 239-26-64

Mavzuga oid yangiliklar
"Jurnalistlar bahori" tanlovi - nodavlat elektron OAV vakillarining yana bir qirrasi
O'zEOAVMA tomonidan “3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni” hamda Assotsiatsiyaning 10 yilligi munosabati tashkil etilgan media-kunlarning mantiqiy davomi sifatida 3 may kuni “Jurnalistlar bahori-2013” an ...
06.05.2013 / 18:07
Online trening markazi ertaga ochiladi
BMT Bosh Assambleyasida e'lon qilingan Jahon matbuoti erkinligi kuni arafasida O'zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assotsiatsiyasining 10 yilligi munosabati bilan 2013 yil 2 may kuni Yoshlar multimedia telekompleksida (&ldquo ...
01.05.2013 / 19:18
AQSh davlat kotibi yordamchisi Mayk Xammer O'zEOAVMAda
10 aprel kuni O'zEOAVMAga AQSh davlat kotibining jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha yordamchisi Mayk Xammer tashrif buyurdi. Tashrifdan ko'zlangan maqsad - avvalo O ...
10.04.2013 / 19:11
"Online trening markazi" ochildi
2013 yilning 2 may kuni Markaziy Osiyo davlatlarida birinchi "Online trening markazi"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ochilish marosimida davlat, jamoat, xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.  ...
03.05.2013 / 09:55
Nemis mutaxassisi Forum TV va NTT faoliyatini yuqori baholadi
2013 yil 30 aprel kuni Germaniyaning “Sachen Fernshen GmbH & Co. Fernesh-Betriebs KG” telekompaniyasi ishlar boshqaruvchisi Rene Falkner Forum TV hamda NTT telekanali faoliyati bilan yaqindan tanishdi ...
30.04.2013 / 14:05
Malayziyaning O'zbekistondagi elchisi NTT va Forum TV kanallariga tashrif buyurdi
Ma'lumki yurtimizda keyingi yillarda nodavlat televidenielar soni ortib bormoqda. E'tiborlisi ular o'z faoliyatlari bilan, ijodiy ishlari bilan tobora xalq orasiga kirib bormoqda ...
10.04.2013 / 17:42