O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Узбекистан Обретенные откровения
Узбекистан Обретенные откровения
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Online trening markazi ertaga ochiladi

BMT Bosh Assambleyasida e'lon qilingan Jahon matbuoti erkinligi kuni arafasida O'zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assotsiatsiyasining 10 yilligi munosabati bilan 2013 yil 2 may kuni Yoshlar multimedia telekompleksida (“Bunyodkor” YoTK) O'zbekiston nodavlat elektron OAV jurnalist va texnik xodimlari uchun noyob loyiha - “Online trening markazi”ning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi.

“Online trening markazi” bu - O'zbekiston zamonaviy jurnalistikasiga yangicha ta'lim yo'nalishini olib kirish, eng so'nggi rusumdagi multimedia vositalaridan foydalangan holda o'qitishning yangicha formatidir. Loyiha O'zEOAVMA va Fond Forum tomonidan YeXHT, O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash Jamoat fondi mablag'larini boshqarish bo'yicha Parlament komissiyasi, shuningdek “Bilayn” savdo belgisi ko'magida amalga oshirilmoqda.

Loyihaning noyobligi shundaki, ayni kunlarda faoliyat yuritayotgan shunga o'xshash markazlarda ikki bir-biriga aloqador yo'nalish – o'qish va ishlab chiqarish bir vaqtning o'zida yo'lga qo'yilmagan. Bugungi kunda OAV xodimlari, xususan texnik xodimlar umumiy ta'lim o'quv yurtlarida (kollejlar, Oliy o'quv yurtlari, maxsus kurslar) tahsil olishmoqda. Biroq o'qish davrida amaliy bilimlarni olish imkoniyati chegaralangan. Trening markazlar tarmog'i oliy o'quv yurtlari talabalari, mamlakatning turli hududlaridagi OAV xodimlariga “masofadan” turib nazariy bilimlarni olish hamda ularni o'sha joyning o'zida amaliyotda qo'llash imkonini beradi. Bu erda muayyan mavzuda seminar-treninglar tashkil etiladi, hududiy OAV faoliyatida qo'llash mumkin bo'lgan xalqaro tajriba aks ettirilgan o'quv filmlari ko'riklari o'tkaziladi, hududiy media kengashlar yig'ilishlari bo'lib o'tadi. Ta'lim jarayonilarini unda ishtirok etish orqali, olisdan turib yoki Trenig-markazning rasmiy web-saytidan kuzatib borish mumkin.Aynan shuning uchun ham Trenig-markazining barcha media maydonchalariga butun jarayonni sifatli olib uzatish imkoniyatiga ega maxsus kameralar o'rnatilgan.

Loyiha jami 13 ta, jumladan Toshkent shahri va respublika viloyatlaridagi hududiy nodavlat telestantsiyalar bazasida maxsus o'quv-ishlab chiqarish punktlarini nazarda tutadi. Ular masofadan turib onlayn usulda o'qitish – vebinarlarni tashkil qilish, videokonferentsiyalar o'tkazish imkonini beruvchi audio-video uskunalar bilan ta'minlanadi va ular VPN-aloqa orqali o'zaro bog'lanishadi. Bir so'z bilan aytganda, butun mamlakatni qamrab olgan yagona media maydoncha yaratiladi. Bu bilan bir qatorda yangi Trening-markazlari doimiy ravishda professional onlayn muloqot, OAV sohasidagi malakali xorijiy mutaxassislarning hududiy telestantsiyalar jurnalistlariga konsultatsiyalar berish imkoniyatidir.

Ochilish marosimida mahalliy va xalqaro jamoatchilik tashkilotlari, diplomatik korpuslar, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etishadi. Ochilish doirasida hudidiy telestantsiyalarda bunyod etilgan media-maydonchalar bilan xalqaro ekspertlar ishtirokida jonli ulanishlar o'tkazilishi rejalashtirilgan. Shu kuni Samarqand, Navoiy, Qo'qon va Buxoro viloyatlari bilan teleko'priklar o'rnatiladi. Ta'kidlash kerakki, aynin shu kuni Forum TV hamda NTT telekanallarining raqamli uzatish tizimiga o'tishidagi navbatdagi bosqich yakunlanadi. Tadbirda zamonaviy raqamli texnologiya talablariga mos keluvchi texnik uskunalar bilan jihozlangan yangi efirga uzatish studiyalari ham taqdim etiladi.

Ta'kidlash joizki, Gulnora Karimovaning mualliflik loyihasi hisoblangan O'zbekiston Yoshlar telestudiyalari faoliyati bilan tanishgan OAV sohasidagi xalqaro ekspertlar “Online trening markazi”ga samarali media-loyiha sifatida yuqori baholashdi. Xususan, AQSh jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha davlat kotibi yordamchisi Mayk Xammer o'zining 2013 yil 10 apreldagi tashrifi chog'ida o'tkazilgan yosh jurnalistlar bilan uchrashuvda Trening-markazining o'xshashi AQShda yo'q ekanligini aytib o'tdi. “Avvalo, men tashkilotchilarni ushbu g'oya va loyihaning amalga tatbiq etilayotgani bilan tabriklayman. Albatta, AQShda amaliy jurnalistikada vebinarlar o'tkaziladi, ammo butun mamlakatni qamrab olgan tizimli “Online trening markazi” bu – O'zbekiston jurnalistlariga ta'lim berish, ularning jahon mass-mediasi bilan muloqot qilishlari hamda bu borada konsultatsiya olishlarini ta'minlovchi keng miqyosdagi loyiha hisoblanadi”, - deydi M.Xammer.

2013 yilning 16 aprel kuni Hududiy dialogning O'zbekistondagi filiali direktori Myusha Sever ham barpo etilayotgan Trening-markazi bilan yaqindan tanishdi. Sever xonim bunday ko'rinishdagi media-maydonchalarning ishga tushirilishi O'zbekistonda jurnalistikaning rivojlanishining amaliy ko'rinishi ekanligini ta'kidladi. “Nodavlat OAV rivojlanishi borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tatbiq etish, ekspertlarni jalb qilish va ularning tajribasini o'rganish zarur” – deya ta'kidladi M.Sever. Tashrif chog'ida jahon miqyosdagi axborot agentliklari bilan hamkorlik qilish masalasi muhokama qilindi. Xususan, Trening-markazi ochilishida Houpla kompaniyasi (AQSh) prodyuseri Mixail Brasert, CNN World Report (AQSh) prodyuseri Bruk Makdonaldlar ishtirok etishadi va o'z tajribalarini o'zbekistonlik yosh jurnalistlar bilan o'rtoqlashishadi.

Bundan tashqari mehmonlar qatoridan Litva Jurnalistlari uyushmasi raisi Danius Radzyavichus, Hududiy dialogning O'zbekistondagi filiali direktori Myusha Sever, USAID dasturlari etakchi mutaxassisi Alison Kosnet, YuNYeSKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Krista Pikkat, YeXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori Derd Sabo, K.Adenauer jamg'armasining Markaziy Osiyo bo'yicha rahbari T.Kuntse va boshqalar o'rin olishadi.

Tadbir davomida “Online trening markazi” bilan bir necha viloyatlardagi media-maydonchalar o'rtasida muloqotlar o'tkaziladi: Frantsiyaning CFI telekanali xalqaro eksperti Regiz Gezelbash “Forum TV” telekanali ijodiy guruhi bilan hamkorlikda tayyorlanayotgan “Asrlar sadosi” festivali haqida filmi, Rene Falkner esa Qo'qonda o'tkazilgan master-klass haqida ma'lumot berishadi, o'z navbatida Samarqand yoshlar telestudiyasi “Samarqand STV” TIU qoshida tashkil etilgan Yoshlar teleklubi taqdimotini o'tkazishadi. Shuningdek, jonli muloqotda Namangan, Andijon va Marg'ilon Yoshlar telestudiyalari vakillari ham ishtirok etishadi.

Mavzuga oid yangiliklar
"Jurnalistlar bahori" tanlovi - nodavlat elektron OAV vakillarining yana bir qirrasi
O'zEOAVMA tomonidan “3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni” hamda Assotsiatsiyaning 10 yilligi munosabati tashkil etilgan media-kunlarning mantiqiy davomi sifatida 3 may kuni “Jurnalistlar bahori-2013” an ...
06.05.2013 / 18:07
Nemis mutaxassisi Forum TV va NTT faoliyatini yuqori baholadi
2013 yil 30 aprel kuni Germaniyaning “Sachen Fernshen GmbH & Co. Fernesh-Betriebs KG” telekompaniyasi ishlar boshqaruvchisi Rene Falkner Forum TV hamda NTT telekanali faoliyati bilan yaqindan tanishdi ...
30.04.2013 / 14:05
Malayziyaning O'zbekistondagi elchisi NTT va Forum TV kanallariga tashrif buyurdi
Ma'lumki yurtimizda keyingi yillarda nodavlat televidenielar soni ortib bormoqda. E'tiborlisi ular o'z faoliyatlari bilan, ijodiy ishlari bilan tobora xalq orasiga kirib bormoqda ...
10.04.2013 / 17:42
"Online trening markazi" ochildi
2013 yilning 2 may kuni Markaziy Osiyo davlatlarida birinchi "Online trening markazi"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ochilish marosimida davlat, jamoat, xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.  ...
03.05.2013 / 09:55
AQSh davlat kotibi yordamchisi Mayk Xammer O'zEOAVMAda
10 aprel kuni O'zEOAVMAga AQSh davlat kotibining jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha yordamchisi Mayk Xammer tashrif buyurdi. Tashrifdan ko'zlangan maqsad - avvalo O ...
10.04.2013 / 19:11
Noyob media loyiha mayda ishga tushiriladi
2013 yilning 2 may kuni “Bunyodkor” telekompleksida on-layn ta'lim, OAV sohasidagi malakali xorijlik trenerlar ishtirokida seminarlar o'tkazish imkonini beruvchi media loyiha – Trening markazining tantanali ochilish marosimi bo ...
02.04.2013 / 17:23