O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Документальный фильм "Узбекистан: обретенные откровения"
Узбекистан Обретенные откровения
Узбекистан Обретенные откровения
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
"Online trening markazi" ochildi

2013 yilning 2 may kuni Markaziy Osiyo davlatlarida birinchi "Online trening markazi"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ochilish marosimida davlat, jamoat, xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. 

Yoshlar multimedia telekompleksini shakllantirish 2003 yilda boshlangan bo'lib, 2004 yildan Fond Forum ko'magida binoni zamonaviy televizion standartlarga mos ravishda qayta qurish bo'yicha keng miqyosda ishlar boshlandi. Ijodiy va texnik xodimlarning samarli faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berildi. 2008 yili “Navro'z” umumxalq bayrami arafasida navbatdagi texnik ta'mirlash ishlari yakunlandi va 21 mart kuni O'zbekistondagi birinchi nodavlat telekanali “Forum TV” o'z faoliyatini boshladi. O'z navbatida Trening-markaz tarmog'i faoliyatini yo'lga qo'yilishi media-makonda asosiy voqeaga aylanadi. Zero, bu loyiha yuqori rivojlangan texnologiyalar vositasida interactive-media-makonni shakllantirish, ushbu jarayonga innovatsion media-texnologiyalarni joriy etish, buning yordamida ta'lim-maslahat xizmatlari hamda amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatish, elektron ommaviy axborot vositalari sub'ektlari hisoblangan mahalliy va xorij media hamjamiyati vakillari o'rtasida yagona IT-tizimini tashkil etish orqali O'zbekistonda jurnalistika sohasini yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan.

 

Ta'kidlash kerakki, doimiy faoliyat yurituvchi media maydonini tashkil qilish, shuningdek masofadan turib onlayn rejimida seminarlar o'tkazish orqali tajriba almashish, bundan tashqari yoshlar telestudiyalari ijodkorlarning tajribali mahalliy va xorijlik mutaxassislar ishtirokida zamonaiy media va intertexnologiyalar bilan muloqotda bo'lishlarini ta'minlashga qaratilgan bu loyiha O'zEOAVMA tomonidan “Obod turmush yili” Davlat dasturining 85-bandi asosida amalga tatbiq etilmoqda. Assotsiatsiya Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo'mitasi tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda loyiha doirasida musltiservis tarmog'i orqali ma'lumotlarni uzatish va qabul qilish ishlarini tashkil etish jadal olib borilmoqda, xususan, mamlakatning 8 hududidagi media-maydonchalar Trening markazi bilan optik tola bilan bog'landi.

Bosh trening-markaz Yoshlar multimedia telekompleksida joylashgan. Loyiha doirasida keltirilgan barcha texnik uskunalar yuqori sifatli HD formatidagi zamonaviy raqamli uskunalar hisoblanib, “Raqamli uzatish tizimiga o'tish to'g'risida”gi Davlat dasturiga to'la mos keladi va dastur ijrosini ta'minlash jarayonida hududiy telestantsiyalarni o'z vaqtida jihozlash imkonini beradi. Bundan tashqari Trening markazi hamda media-maydonchalar professional texnologiyalar asosida nodavlat elektron OAV tele va radiotarmoqlari - NTT, NRT va sun'iy yo'ldosh telekanali “Forum TV” uchun mahsulotlar (yangiliklar, tahliliy reportajlar, publitsistik ko'rsatuvlar) tayyorlash bazasiga aylanadi.

Mavzuga oid yangiliklar
"Jurnalistlar bahori" tanlovi - nodavlat elektron OAV vakillarining yana bir qirrasi
O'zEOAVMA tomonidan “3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni” hamda Assotsiatsiyaning 10 yilligi munosabati tashkil etilgan media-kunlarning mantiqiy davomi sifatida 3 may kuni “Jurnalistlar bahori-2013” an ...
06.05.2013 / 18:07
Nemis mutaxassisi Forum TV va NTT faoliyatini yuqori baholadi
2013 yil 30 aprel kuni Germaniyaning “Sachen Fernshen GmbH & Co. Fernesh-Betriebs KG” telekompaniyasi ishlar boshqaruvchisi Rene Falkner Forum TV hamda NTT telekanali faoliyati bilan yaqindan tanishdi ...
30.04.2013 / 14:05
Malayziyaning O'zbekistondagi elchisi NTT va Forum TV kanallariga tashrif buyurdi
Ma'lumki yurtimizda keyingi yillarda nodavlat televidenielar soni ortib bormoqda. E'tiborlisi ular o'z faoliyatlari bilan, ijodiy ishlari bilan tobora xalq orasiga kirib bormoqda ...
10.04.2013 / 17:42
Online trening markazi ertaga ochiladi
BMT Bosh Assambleyasida e'lon qilingan Jahon matbuoti erkinligi kuni arafasida O'zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assotsiatsiyasining 10 yilligi munosabati bilan 2013 yil 2 may kuni Yoshlar multimedia telekompleksida (&ldquo ...
01.05.2013 / 19:18
AQSh davlat kotibi yordamchisi Mayk Xammer O'zEOAVMAda
10 aprel kuni O'zEOAVMAga AQSh davlat kotibining jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha yordamchisi Mayk Xammer tashrif buyurdi. Tashrifdan ko'zlangan maqsad - avvalo O ...
10.04.2013 / 19:11
Noyob media loyiha mayda ishga tushiriladi
2013 yilning 2 may kuni “Bunyodkor” telekompleksida on-layn ta'lim, OAV sohasidagi malakali xorijlik trenerlar ishtirokida seminarlar o'tkazish imkonini beruvchi media loyiha – Trening markazining tantanali ochilish marosimi bo ...
02.04.2013 / 17:23