O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

Ozod yurt to'lqinlari media festivali
Ozod yurt to'lqinlari media festivali
Tezkor xabar 28 07 2017 11 30
Tezkor xabar 28 07 2017 11 30
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
"Jurnalistlar bahori" tanlovi - nodavlat elektron OAV vakillarining yana bir qirrasi

O'zEOAVMA tomonidan “3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni” hamda Assotsiatsiyaning 10 yilligi munosabati tashkil etilgan media-kunlarning mantiqiy davomi sifatida 3 may kuni “Jurnalistlar bahori-2013” an'anaviy tanlovi bo'lib o'tdi. Tanlovda nodavlat telestantsiyalar vakillarining o'zlarining nafaqat jurnalistika sohasida, balki taom tayyorlash borasida ham nimalarga qodirliklarini namoyon etishdi.

Toshkent shahrining so'lim go'shalaridan biri “Yapon bog'i”da tashkil etilgan tanlov aynan O'zEOAVMAga a'zo nodavlat telestantsiyalar ijodkorlari tomonidan tayyorlangan taomlar bilan bezatildi. Ishtirokchilar o'zlari istiqomat qilayotgan viloyatga xos liboslarni namoyish etishdi.

Parlament komissiyasi raisi A.Saidov boshchiligidagi Hakamlar hay'ati telestantsiyalar bezagan dasturxonlarni ko'zdan kechirar ekan, ularning qay biriga birinchi o'rinni berishga rosa boshlari qotishdi. Chunki ularning fikricha, har bir hudud g'olib bo'lishga munosib. Zero, har bir viloyatning o'ziga xosligi mavjud.

Hay'at a'zosi, Litva jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi Danius Radzyavichyus, taomlarning xilma-xilligidan hayratini yashira olmadi. Bundan tashqari uni bitta taomning turli xil yo'llar bilan tayyorlanishi hayratga soldi.

Tanlov yakuniga ko'ra Buxoroning “Koinot” telestantsiyasi 3-, Xoramzning “Kamila plyus” telestantsiyasi2-, Samarqandning “Samarqand STV” ijodiy jamoachi 1-o'ringa munosib ko'rildi. G'oliblarga tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mavzuga oid yangiliklar
"Online trening markazi" ochildi
2013 yilning 2 may kuni Markaziy Osiyo davlatlarida birinchi "Online trening markazi"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ochilish marosimida davlat, jamoat, xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.  ...
03.05.2013 / 09:55
Nemis mutaxassisi Forum TV va NTT faoliyatini yuqori baholadi
2013 yil 30 aprel kuni Germaniyaning “Sachen Fernshen GmbH & Co. Fernesh-Betriebs KG” telekompaniyasi ishlar boshqaruvchisi Rene Falkner Forum TV hamda NTT telekanali faoliyati bilan yaqindan tanishdi ...
30.04.2013 / 14:05
Malayziyaning O'zbekistondagi elchisi NTT va Forum TV kanallariga tashrif buyurdi
Ma'lumki yurtimizda keyingi yillarda nodavlat televidenielar soni ortib bormoqda. E'tiborlisi ular o'z faoliyatlari bilan, ijodiy ishlari bilan tobora xalq orasiga kirib bormoqda ...
10.04.2013 / 17:42
Online trening markazi ertaga ochiladi
BMT Bosh Assambleyasida e'lon qilingan Jahon matbuoti erkinligi kuni arafasida O'zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assotsiatsiyasining 10 yilligi munosabati bilan 2013 yil 2 may kuni Yoshlar multimedia telekompleksida (&ldquo ...
01.05.2013 / 19:18
AQSh davlat kotibi yordamchisi Mayk Xammer O'zEOAVMAda
10 aprel kuni O'zEOAVMAga AQSh davlat kotibining jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha yordamchisi Mayk Xammer tashrif buyurdi. Tashrifdan ko'zlangan maqsad - avvalo O ...
10.04.2013 / 19:11
Noyob media loyiha mayda ishga tushiriladi
2013 yilning 2 may kuni “Bunyodkor” telekompleksida on-layn ta'lim, OAV sohasidagi malakali xorijlik trenerlar ishtirokida seminarlar o'tkazish imkonini beruvchi media loyiha – Trening markazining tantanali ochilish marosimi bo ...
02.04.2013 / 17:23